Italiyaning “Komo” klubi ustozi Sesk Fabregas “Manchester Siti” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqida Onefootball nashri xabar bermoqda.

“Shaharliklar” rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki fonida Pep Gvardiolani ishdan bo‘shatish haqida o‘ylamoqda. Ayni paytda Manchester klubi 26 uchrashuvdan so‘ng 44 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
Klub, shuningdek, “Real Madrid”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va Chempionlar Ligasidagi yurishini ham yakunladi. Shu bois, rahbariyat Gvardiolani iste’foga chiqarmoqchi, deya qo‘shimcha qilmoqda manba.
Hozircha ispaniyalik murabbiy Sesk Fabregas “Siti”ni boshqarish uchun yagona nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda. Mutaxassisga “shaharliklar”dan tashqari “Inter” va “Milan” ham qiziqish bildirmoqda.
Sesk Fabregas qo‘l ostida “Komo” 26-turdan keyin 28 ochko bilan A Seriyada 13-o‘rinni egallab turibdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi.
Izoh (0)