Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Kubogi 1/2 final bosqichi doirasidagi “Real Soseydad”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
AS nashriga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga tishidagi toshlarini olib tashlash uchun operatsiya stoliga yotqizilgan va u hali ham kuchli og‘riq his qilmoqda. Shu bois, murabbiylar shtabi uni qaydnomaga kiritmadi.
Avvalroq “qirollik klubi” ustozi Karlo Anchelotti Mbappening San-Sebastyanga borishini ma’lum qilgandi.
“Kilian bilan hammasi joyida. U “Real Soseydad”ga qarshi bahsga 100 foiz tayyor”, deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
“Real” — “Real Soseydad” o‘rtasidagi bahs 26-fevraldan 27-fevralga o‘tar kechasi soat 01:30 da boshlanadi.
Yarim finalning yana bir uchrashuvi kecha o‘tkazildi. Unda “Barselona” “Atletiko” bilan 4:4 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Izoh (0)