• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan eski sanoat zonasi hududida qurilayotgan “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi hududdagi tadbirkorlarning eʼtirozi sabab to‘xtatildi. Bunga Oliy sud maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati taftish instansiyasining 2025-yil 27-yanvardagi qarori asos bo‘lgan — sud qarori bilan Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining ushbu manzilda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun tadbirkorga bergan ijobiy xulosasi haqiqiy emas deb topilgan.

    Maʼlum bo‘lishicha, “United Industrial Equipment” MCHJ sudga murojaat qilib, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining eski sanoat zonasida tadbirkorga ko‘p qavatli uy qurish huquqini beruvchi 2023-yil 15-avgustdagi ruxsatnomasI va qurilish bosh boshqarmasining 2023-yil 22-sentyabrdagi 95161354-sonli ijobiy xulosasini haqiqiy emas deb topish so‘ragan.

    Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil 19-apreldagi hal qiluv qarori bilan MCHJlarning talablari rad qilingan. So‘ngra ish Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan. Sudda ishtirok etgan Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi “dom” qurilayotgan manzil sanoat zonasida joylashganini, belgilangan talablarga asosan turar joy binolari omborlardan kamida 50 metr masofada joylashgan bo‘lishi kerakligini, mavjud sanitariya meʼyorlariga mos kelmasligini bildirgan.

    Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassisi esa “United Industrial Equipment” va “Unieq Finance Leasing” MCHJlar hududidan “Botanika” ko‘p qavatli turar joy binosi fundamentigacha bo‘lgan oraliq masofa 4,6 metrni va eng uzoq masofa 8,3 metrni tashkil etishini, shu bois binoni joylashtirish sxemasida ko‘rsatib o‘tilgan oraliq masofa talabi buzilganini maʼlum qilgan.

    Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 29-iyundagi qarori bilan dastlabki sud qarori o‘zgartirilgan va javobgar Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining 2023-yil 22-sentyabrdagi 95161354-sonli xulosasi haqiqiy emas deb topilgan. Shuningdek, apellyatsiya instansiyasi sudi Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga nisbatan xususiy ajrim ham chiqargan. Unda boshqarma tomonidan qayd etilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar belgilash va natijasi yuzasidan bir oy muddatda Toshkent shahar maʼmuriy sudiga xabar berish belgilangan.

    Toshkent shahar maʼmuriy sudi taftish instansiyasining 2024-yil 13-sentyabrdagi qarori bilan apellyatsiya instansiyasi qarori va xususiy ajrimi bekor qilinib, dastlabki sud qarori o‘z kuchida qoldirilgan.

    “Daryo” “Botanika” turarjoy majmuasi quruvchisi Abror Nasriddinov bilan ham bog‘landi. Uning aytishicha, Bosh prokuratura quruvchi manfaatini ko‘zlab sud qarorini bekor qilish bo‘yicha protest kiritgan.

    “Sudning birinchi va uchinchi instansiyalarida biz yutgan bo‘lsak, ikkinchi, uchinchi va beshinchi instansiyalarni arizachilarning shikoyatlari qanoatlantirildi. Ushbu hudud ilgari sovet davrida zavod hududi hisoblangan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda umuman ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilmaydi. Shunchaki omborxona sifatida foydalaniladi. Biz bilan qo‘shni hududdagi “UNIEQ ENERGY” MCHJ va boshqa tadbirkorlar bizning qurilishimizga qarshi chiqib, bir yildan buyon barcha sud instansiyalari, boshqa tashkilotlarga shikoyat qilib kelmoqda”, — deydi “Botanika” turarjoy majmuasi quruvchisi Abror Nasriddinov.

    Mazkur hudud prezidentning 2023-yil 26-iyuldagi "Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 martdagi 149-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida renovatsiya loyihalari doirasiga tushgan. 

    Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq nizoli hudud renovatsiya hududi hisoblanib, u yerda joylashgan sanoat, kommunal-ombor, ishlab chiqarish ob’yektlarini shahardan tashqariga chiqarish belgilangan. Qurilayotgan turar-joy majmuasi esa, Toshkent shahrining yangi Bosh rejasida aks etgan.

    Oliy sud maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati taftish instansiyasi ham mazkur ishni ko‘rib chiqib, 2025-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 29-iyuldagi qarori va xususiy ajrimi o‘z kuchida qolganligi haqida qaror qabul qilgan. Va “Botanika” turar joy majmuasi qurilishini to‘xtatgan.

    12 may, 19:38   Izoh (0)   1645
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.