Italiya poytaxti Rimga kelgan sayyohlar birinchi bo‘lib e’tibor qaratadigan jihat bu uylarning balkonlari, terrasa va devorlardagi gullar sanaladi. Ayrim uylarda hatto baqlajon, bulg‘or qalampiri, salat barglari va pomidorlar, ko‘katlarning o‘sayotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari kichik hamda katta vazalarda qulupnay va boshqa rezavor mevalarni yetishtirish italyanlarning asosiy xobbilaridan biriga aylangan. Masalan, Lombardiya viloyatida uylarning ichida kichik bog‘ va tomorqachalarga aylantirilgan terrasalar boshini biriktirib turuvchi asosiy qishloq xo‘jaligi tashkiloti Coldiretti ham faoliyat yuritadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Lombardiyaning har to‘rtinchi aholi vakili o‘zining bo‘sh vaqtini yangi ekologik tendensiyaga bag‘ishlaydi.
Aytish kerakki, bunday xobbi bilan nafaqat keksalar yoki oila boshliqlari, balki yoshlar ham mashg‘ul. 5 yil avvalgi ma’lumotlar bilan solishtirganda ayni damda balkonda o‘simliklar o‘stirishga qiziquvchi yoshlar soni 4 baravarga ko‘paygan. 25 yoshdan yuqori yoshlar oldingi avlodga nisbatan tabiatga anchayin g’amxo‘r ekanliklarini namoyish etmoqda.