Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

1912-yilda cho‘kib ketgan Titanik kemasidan noyob taqinchoq suv yuzasiga olib chiqildi. Bu halok bo‘lgan yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan qora shishadan yasalgan marjon bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Foto: The Daily Mail

Ma’lum qilinishicha, marjon tarqoq bo‘laklar holida topildi va qismlarga bo‘lib chiqarib olingan. U kemaning old va orqa qismlaridan qolgan parchalari orasida joylashgan bo‘lgan. Bo‘laklarni dengiz tubidagi qattiq massadan (konkretsiyadan) ehtiyotkorlik va sabr-toqat bilan ajratib olishga to‘g‘ri kelgan. Qattiq cho‘kindi 3,8 km chuqurlikdagi kuchli bosim sharoitida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan.

Chiqarib olingach, marjon qayta tiklangan. Buyum murakkab naqshni hosil qiluvchi yurak shaklidagi munchoqlar va qora shishadan yasalgan sakkizburchaklar bilan bezatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, o‘nlab yillar davomida suv ostida yotgan marjon “halokat, vaqt va tabiat” sinovlaridan o‘tgan.

Foto: The Daily Mail

Tadqiqotchilar marjon egasining shaxsini endi aniqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Ehtimol, uning egasi halokat paytida halok bo‘lgandir. Biroq u omon qolganlardan biriga tegishli bo‘lib, to‘s-to‘polonda yo‘qolgan bo‘lishi ham mumkin.

Ta’kidlanishicha, topilgan ushbu buyum 1912-yil modasini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. O‘sha paytda qora taqinchoqlar Viktoriya davrida mashhur bo‘lgan fransuz gagati kabi materiallardan yasalgan.

Foto: The Daily Mail

Ilgari olimlar Titanikning raqamli nusxasini yaratgan edi. Ular suv osti roboti tomonidan olingan suratlarga asoslanishgan. Loyiha kemaning halokati sababini ochib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, aysbergning teshiklari kemaning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan. Suv barcha bo‘linmalarga kirib, Titanikni cho‘ktirib yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

“Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi 

“Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »