Bugun,

  • USD12778.12
  • RUB164.01
  • EUR14931.23

Rossiyada mashhur sovet multseriali “Senimi, shoshmay tur!” asosida yangi to‘liq metrajli badiiy film yaratish ustida ish boshlanadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Foto: www_gazeta_ru

Mazkur loyihaga oid hamkorlik shartnomasini “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi direktori Yuliana Slasheva va NTV telekanalining bosh prodyuseri Timur Vaynshteyn Petersburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF-2025) doirasida imzoladi.

Timur Vaynshteynning ta’kidlashicha, “Senimi, shoshmay tur!” shunchaki multfilm emas, balki Rossiyaning haqiqiy madaniy merosidir. Unga ko‘ra, film multserial asosidagi keng qamrovli “multkoinot”ning bir qismiga aylanadi va unda mashhur qahramonlar yangi obrazlarda namoyon bo‘ladi.

 
Foto: YouTube

Yuliana Slasheva esa bu multserial Rossiya tomoshabinlari orasida eng sevimlilardan biri ekanini eslatdi. Uning aytishicha, ushbu animatsion kartinani qayta-qayta tomosha qilish mumkin va har safar sevimli qahramonlarni ko‘rish quvonch baxsh etadi.

Foto: Ozon.kz

Bo‘rining quyonni quvlashi, ularning do‘stligi va qarama-qarshiligi — bu tugamaydigan tarix, ta’kidlagan Slasheva.

Filmni “Temp” kinokompaniyasi “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi ishtirokida suratga oladi. NTV esa filmning bosh axborot hamkori bo‘ladi. Premyera 2028-yilga rejalashtirilgan.

Bundan oldin rossiyaliklar “Senimi, shoshmay tur!” multfilmidagi bo‘rini “Soyuzmultfilm”ning eng zamonaviy qahramoni deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Ko‘rfaz urushida apokalipsis: avtomagistralga tiqilgan minglab texnikaning ayovsiz bombardimon qilinishi

Ko‘rfaz urushida apokalipsis: avtomagistralga tiqilgan minglab texnikaning ayovsiz bombardimon qilinishi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »