Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Shavkat Mirziyoyev 20-iyun kuni Qashqadaryoni kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortish kerakligini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yig‘ilishda qayd etilishicha, so‘nggi 8 yilda ajratilgan 1,7 trillion so‘m hisobidan viloyatda markazlashgan suv ta’minoti 32 foizdan 61 foizga chiqdi. Lekin bu respublikada eng past ko‘rsatkich ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyatda suv va kanalizatsiyani yaxshilashga bu yil 800 milliard so‘m ajratilgan. Mutasaddilarga buning hisobiga 183 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog‘i, 8 ta suv inshooti qurilishini yakunlash topshirildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini yaxshilash ishlarini ham shu oyda boshlash shartligi qayd etildi. Bunga xalqaro moliya institutidan 60 million dollar jalb qilingan. Qarshi shahrida suv ta’minoti 97 foiz bo‘lsa-da, suv olib boradigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan ko‘pi eskirgan, suv yo‘qotish yuqori.

“Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortishimiz kerak”, dedi prezident.

Mutasaddilarga ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Yig‘ilishda Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuzilishi belgilandi. Viloyatda chorvachilikni kompleks rivojlantirish dasturi boshlanadi. Prezident viloyatdagi uy-joy, yo‘l va infratuzilma masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

“Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi 

“Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »