Bugun,

  • USD12778.12
  • RUB164.01
  • EUR14931.23

Farg‘ona viloyatida MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

3-iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1200 AQSH dollarini pora sifatida olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Pora olish bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar

16-iyunda Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora olayotganda ushlangandi. 5-iyun kuni DXX Qoraqalpog‘istonda bog‘cha mudiraligi uchun 15 million so‘m, bog‘ inspektorligiga esa 3 ming dollar talab qilgan rahbarlarni qo‘lga olgandi. Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Ko‘rfaz urushida apokalipsis: avtomagistralga tiqilgan minglab texnikaning ayovsiz bombardimon qilinishi

Ko‘rfaz urushida apokalipsis: avtomagistralga tiqilgan minglab texnikaning ayovsiz bombardimon qilinishi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »