Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Buxoro viloyati Jondor tumanida erkak O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘z echkiemar og‘ziga nos solib, shafqatsiz munosabatda bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Buxoro viloyati sudlari holat yuzasidan unga qanday chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, sud zalida huquqbuzar  1-iyun kuni “Ibn Sino” MFYga qarashli dala shiyponiga o‘zining qo‘ylarini qamash uchun kelganini, u yerda echkiemarni ko‘rib qolganini, boshiga tayoq bilan urib qo‘liga ushlab olganini, keyin og‘ziga majburlab nosvoy solganini, echkiemar 10-15 daqiqa xushsiz holatda qolib keyinchalik yurib ketganini, shundan so‘ng echkiemarni olib ko‘l qirg‘og‘iga otib yuborganini, bu holatlarni o‘zining shaxsiy telefoniga videoga olib, Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilganini, echkiemarni o‘ldirmaganini, lekin unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganini tan oldi.

U aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini inobatga olib qonuniy yengillik berilishini so‘rab ko‘rsatma berdi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari ya’ni 1,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kuni kecha Toshkentdagi bozorda ilonning boshini uzib, uni so‘ygan qizga chora ko‘rilgan edi. Toshkentdagi bog‘da esa odamlar orasida bahaybat ilon o‘rmalab ketayotgani aks etgan video yuzasidan izoh berilgandi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahar Olmazor tumanida fuqaro o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan qushlarni saqlab kelayotgani aniqlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »