Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Vyetnamning markaziy qismini qamrab olgan to‘fon shamollari va yomg‘irlar oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Arab News xabar berdi.

Foto: Arab News
Foto: Arab News

Tabiiy ofat oqibatida 70 ming gektardan ortiq ekin maydonlarini suv bosgani aytilmoqda. “Vutip” to‘foni 14-iyun kuni Xitoyning janubiga soatiga 128 kilometr tezlikda shamol esishi bilan yetib kelgan va Tonkin ko‘rfazining Vyetnam qanotiga yopirilishidan keyin tropik bo‘ronga aylangan.

Vyetnam Qishloq xo‘jaligi vazirligi 14-iyun kuni kechqurun markaziy Quang Tri provinsiyasida 5 kishi halok bo‘lgani va 2 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Xitoyning janubiy Xaynan orolidagi rasmiylar juma kuni bo‘ron kirib kelishidan oldin minglab odamlarni evakuatsiya qilgan, maktablar yopilgan va temiryo‘l qatnovi to‘xtatilgan. Birlashgan tayfun ogohlantirish markazi bo‘ron dam olish kunlari oxiriga kelib susayishini e’lon qilgan.

Tabiiy ofatlar 2024-yili Vyetnamda 514 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi. Bu 2023-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p, deya xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Sentyabr oyida Vyetnam shimolida 345 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “Yagi” to‘foni taxminan 3,3 milliard dollar iqtisodiy zarar olib kelgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »