Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.C guruhi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Bavariya” hamda “Oklend Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahsda myunxenliklar raqib darvozasiga 10 ta gol urib, dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Foto: Getty Images
Uchrashuv hisobini 6-daqiqada Kingsli Koman ochdi. 18-daqiqada esa Sasha Buy jamoaning ikkinchi golini kiritdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Maykl Olise hisobni yanada yiriklashtirdi.
22-daqiqada Koman o‘zining ikkinchi, jamoasining esa to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim oxiriga kelib, nemis klubi yana ikkita gol urdi: 45-daqiqada Tomas Myuller “Oklend Siti” darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 45+3-daqiqada Olise oltinchi bor yangi zelandiyaliklar darvozabonini xafa qildi. Ilk taym 6:0 hisobida “Bavariya” foydasiga yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim nisbatan sokin boshlandi. Biroq keyinchalik “nemis mashinasi” yana 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jamol Musiala xet-trikni rasmiylashtirdi. Yana bir golga Tomas Myuller mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Bavariya” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘ta yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati C guruhi, 1-tur