Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Isroil 13-iyunga o‘tar kechasi Eronga yirik ko‘lamda hujum uyushtirib, mamlakat yadroviy dasturining asosiy obyektlari va yuqori martabali harbiy rahbarlarini nishonga oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: NPR
Foto: NPR

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rising Lion operatsiyasi Eronning Natanzdagi asosiy uran boyitish zavodiga va yadro olimlariga zarba berganini ma’lum qildi.

Eron davlat OAVlari hujumlarda halok bo‘lganlar orasida Eron Islom inqilobi gvardiyasi bosh qo‘mondoni general Husayn Salamiy ham borligi haqida xabar bermoqda. Tehrondagi turar joy binolarida yong‘inlar boshlangan. Infratuzilma obyektlariga ham zarar yetgan.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats shunday bayonot berdi: “Biz shunday muhim nuqtadamizki, agar buni o‘tkazib yuborsak, Eronning mavjudligimizga tahdid soladigan yadro qurolini ishlab chiqishiga to‘sqinlik qila olmaymiz”.

Davlat kotibi Marko Rubio harbiy operatsiyada AQSHning ishtiroki va yordami bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tgan.

“Bugun tunda Isroil Eronga qarshi bir tomonlama chora ko‘rdi. Biz bu harakatda ishtirok etmayapmiz va bizning ustuvor vazifamiz mintaqadagi Amerika kuchlarini himoya qilishdir”, deyiladi uning bayonotida.

Isroil keyingi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘n minglab askarlarni jalb qilayotgani ta’kidlangan. Mamlakat favqulodda holat e’lon qilib, havo hududini yopdi. Isroil Erondan javob hujumini kutmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »