Bugun,

  • USD12618.63
  • RUB160.83
  • EUR14516.47

“Haj-2025” dasturi doirasida Namangan xalqaro aeroportidan Madinaga ilk parvoz amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ushbu reys Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-330 havo kemasida amalga oshirildi. U orqali 430 nafar ziyoratchi haj safariga jo‘nab ketdi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Ziyoratchilarning ilk guruhi kuzatuvi marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi. U ziyoratchilar bilan uchrashib, muloqotda bo‘ldi va safarlari bexatar bo‘lishini tiladi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Viloyat hokimi mazkur guruhda navbatdagi haj safariga yo‘l olgan 105 yashar Ibrohim Xo‘jayev bilan ham ko‘rishib, otaxondan duo qilishlarini so‘radi.

Ibrohim ota Xo‘jayev va Shavkat Abdurazzoqov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Maʼlumot uchun, joriy haj mavsumida Namangan xalqaro aeroportidan jami 20 ta aviaqatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ular orqali Namangan, Andijon va Farg‘onadan 5 mingdan ortiq ziyoratchi Madinaga yetkaziladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi 

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

“AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »