Bugun,

  • USD12705.79
  • RUB159.2
  • EUR14704.41

Germaniyaning “Shtutgart” klubi yarim himoyachisi Anxelo Shtiller Ispaniya grandi —  “Real” “radariga tushdi”. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi nomzodini “Real”ning sobiq afsonasi Toni Kroos tavsiya qilgan. Klub rahbariyati Kroosning fikrini inobatga olib, Shtiller transferini ko‘rib chiqmoqda. Madridliklar hozir futbolchining agenti bilan muzokara boshlagan, agar kelishuvga erishilsa, bitim imzolanishi mumkin. 

Anxelo tayanch yarim himoyacha pozitsiyasida to‘p tepadi. Klub bu orqali joriy mavsum muammo kuzatilgan pozitsiyadagi kamchilikni yo‘qotmoqchi. 2001-yilda tug‘ilgan futbolchi 2024-yilning sentyabr oyidan beri Germaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Shtiller joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Shtutgart” bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Anxeloning qiymatini 38 million yevroga baholagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Eron havo hududi yopilgani sabab Toshkentda bir nechta reyslar bekor qilindi

Eron havo hududi yopilgani sabab Toshkentda bir nechta reyslar bekor qilindi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Eron havo hududi yopilishi sabab Toshkentdan uchgan ayrim samolyotlar ortga qaytarildi

Eron havo hududi yopilishi sabab Toshkentdan uchgan ayrim samolyotlar ortga qaytarildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)

Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »