Bugun,

  • USD12705.79
  • RUB159.2
  • EUR14704.41

O‘zbekiston Superligasi 10-turida “Navbahor” safarda “Bunyodkor” ustidan 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

Foto: “Navbahor” matbuot xizmati
Foto: “Navbahor” matbuot xizmati

Uchrashuvning 10-daqiqasida “Bunyodkor” hisobni ochdi – Imeda Ashortiya penaltini aniq amalga oshirdi. Ammo 17-daqiqada “Navbahor” ham penalti tepdi, biroq Zabihillo O‘rinboyev imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 19-daqiqada Ruslanbek Jiyanov o‘ziga berilgan imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Birinchi bo‘lim so‘ngida “Bunyodkor” yana oldinga chiqib olgan edi, biroq VAR orqali gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi. 65-daqiqada Ruslanbek Jiyanov dubl qayd etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Shohmalik Komilov ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuv yakuni arafasida Luis Kachorri “qaldirg‘ochlar”ning 2-golini kiritdi, lekin bu “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. 

Mazkur g‘alabadan keyin “Navbahor” ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi. Ular onlayn turnir jadvalida “Bunyodkor”ni ortda qoldirib, 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Toshkentliklar esa 16 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.

O‘zbekiston Superligasi

10-tur

18-may, yakshanba

“Bunyodkor” — “Navbahor” 2:3

Gollar: 1:0 — Ashortiya (10), 1:1 — Jiyanov (19), 1:2 — Jiyanov (65), 1:3 — Komilov (72), 2:3 — Kachorri (90+9)

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Eron havo hududi yopilgani sabab Toshkentda bir nechta reyslar bekor qilindi

Eron havo hududi yopilgani sabab Toshkentda bir nechta reyslar bekor qilindi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Eron havo hududi yopilishi sabab Toshkentdan uchgan ayrim samolyotlar ortga qaytarildi

Eron havo hududi yopilishi sabab Toshkentdan uchgan ayrim samolyotlar ortga qaytarildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)

Isroil Eronga havodan hujum qildi (foto, video)— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »