Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Rossiya harbiylari 18-mayga o‘tar kechasi Ukrainaga 273 ta dron uchirdi. Ulardan atigi 88 tasini urib tushirildi. Bu haqda Ukraina armiyasi harbiy-havo kuchlari xabar berdi.

Foto:
Foto: dsns_telegram

Ma’lum qilinishicha, dronlarning 128 tasi imitator bo‘lib chiqqan. Bu urush davomida Ukraina hududiga bir kecha-kunduzda uchirilgan rekord miqdordagi drondir. Bundan oldin eng yirik hujum 2025-yil 23-fevralga o‘tar kechasi bo‘lgan edi. O‘shanda Rossiya harbiylari 267 ta drondan foydalangan.

Dronlarning ko‘pchiligi Kiyev va viloyatga yo‘naltirilgan. Poytaxtda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga 8 soatdan ortiq davom etgan. Obuxov tumanida hujum oqibatida 28 yoshli ayol halok bo‘lgan. Yana uch kishi: to‘rt yoshli bola, 59 yoshli erkak va 61 yoshli ayol jarohatlangan. Dronlar xususiy uyni qisman vayron qilgan va yaqin atrofdagi ko‘p qavatli turar joy binosining oynalariga zarar yetkazgan.

Foto:
Foto: dsns_telegram

Fastov tumanida hujum oqibatida zavodda yong‘in yuz bergan. Ombor (500 m²) va xo‘jalik binosi vayron bo‘lgan. Tibbiyot markazi ham yonib ketgan (5000 m2). Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. Kiyev viloyatidan tashqari, Donestk va Dnepropetrovsk viloyatlari ham zarbaga uchragan. Qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan.

Foto:
Foto: dsns_telegram

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli zarbani AQSH prezidenti Donald Tramp 18-may kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashish, so‘ngra 19-may kuni Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilish niyatida ekanini bildirganidan so‘ng uyushtirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »