Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi, hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasida to‘p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu hech qachon futbolka almashmaydigan klub nomini ochiqladi. Bu haqda Give me Sport nashriga tayanib Championat nashri xabar berdi.

Foto: Championat
Foto: Championat

Futbolchi 2006/07-yil UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “Roma”ga qarshi o‘yinda bo‘lgan qiziq holatni esladi:

2007-yil o‘tgan “Roma”ga qarshi o‘yinni yaxshi eslayman. Hisob 6:0 edi. Ular mendan to‘xtashimni so‘rashdi. Raqib futbolchilari mendan gol urishni bas qilishimizni iltimos qildi. Ba’zilar esa menga jismoniy zarar yetkazish bilan tahdid qilishdi. Men hech qachon bu klub futbolchilari bilan futbolka almashmas edim, deya Ronaldu so‘zlarini keltirgan Give Me Sport.

Eslatib o‘tamiz, 2007 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida “Manchester Yunayted” dastlab Rimda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, javob o‘yinida esa “Old Trafford”da “Roma”ni 7:1 hisobida dog‘da qoldirgan edi. Ronaldu o‘sha bahsda ikkita gol muallifiga aylangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »