Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Amerikalik jurnalist va milliarder Jeff Bezosning ayoli Loren Sanches qiz bazmini haqiqiy Gollivud kechasi uslubida nishonladi.

Foto: Instagram

Tadbir 15-may kuni Parijdagi Lafayetteʼs restoranida bo‘lib o‘tdi, u yerda Lorenni Kim Kardashyan, Keti Perri, Kris Jenner va Yeva Longoriya kabi yaqin do‘stlari kutib oldi. Bazmda mehmonlar kechki ovqatdan bahramand bo‘lishdi, raqsga tushishdi va Sanches uchun pishirilgan bezeli vanil tort bilan go‘zal oqshomni yakunlashdi.

Loren kecha uchun ikki qator oltin tugmali libos tanladi. Kim Kardashyan esa bronza rangdagi gipyur korsetda, xonanda Keti Perri yorqin pushti rangli ko‘ylakda paydo bo‘ldi.

Sanches Instagram sahifasida tadbirdan bir nechta suratlarni joylashtirib, ularni “Abadiyat do‘stlikdan, qorong‘i paytlarda yo‘limni yoritgan va bu yo‘lda qalbimni shakllantirgan ayollar davrasidan boshlanadi” deb izoh qoldirdi.

Foto: Instagram

Juftlik to‘yni 24-26-iyun kunlari Venetsiyada nishonlashga qaror qilgan. Venetsiya meri Luiji Brunyaroning taʼkidlashicha, marosim shaharning har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradigan tarixiy maskanida bo‘lib o‘tadi va bu to‘yda taxminan 200 nafar mehmon qatnashishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »