Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Xonanda Shirin Zoitova sahifasiga yangi suratini joyladi.
Foto: Instagram
Mashhur hind aktyori Anupam Kher Kann kinofestivalida gollivudlik hamkasbi Robert De Niro bilan uchrashib qoldi.
Malika Ravshanova chaqalog‘i bilan qanday vaqt o‘tkazayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi.
Foto: Instagram
Xonanda Hamdam Sobirov farzandlari bilan qanday vaqt o‘tkazishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida do‘sti Arno bilan birga ishtirok etayotgani haqida so‘zlab berdi.
Foto: Instagram
Shahlo Zoirova bir necha yil avval tushgan arxiv suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Aktrisa Dilnoza Habibullayeva ham kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Foto: Instagram
Ra’no Shodiyeva ayni paytda Xitoyda dam olmoqda. Aktrisa dengiz sohilida tushgan o‘ziga xos suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Sabrina Jabborova Ozoda Nursaidovaning konsertida sahnaga chiqdi hamda davolanishi uchun xolis yordam bergan barchaga minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari klip syomkasida “Gelik” boshqarib uni urib yuborgan boshqa aktrisa Sevinchni ham kechirganini ma’lum qildi.
Raqqosa Parizoda bolalikdagi do‘stining tug‘ilgan kunida ishtirok etdi.
Foto: Instagram
Ozoda Nursaidova sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli parhezda ekani, shuning uchun ozib ketgani haqida so‘zlab berdi.