Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Janubiy Kaliforniyada jarrohlar ilk marta inson qovug‘ini ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto:
 
Foto: Getty Images

Operatsiya may oyi boshida Kaliforniya universiteti va Janubiy Kaliforniya universitetining ikki jarrohi tomonidan amalga oshirilgan. Unda qovuq saratonining kamdan-kam uchraydigan turiga chalingan 41 yoshli erkak ishtirok etgan.

Men vaqti kelganda portlaydigan bomba edim. Lekin endi umidim bor, deydi bemor Oskar Larrainzar.

Shifokorlar qovuq sig‘imi va ko‘chirib o‘tkazishdagi asoratlar haqida ma’lumot olish uchun klinik sinov doirasida yana 4 nafar bemorga qovuq transplantatsiyasini amalga oshirmoqchi. So‘ngra bu usulni keng qo‘llash uchun katta tadqiqotga o‘tish rejalashtirilgan. Bu siydik pufagi bilan bog‘liq og‘ir kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar uchun umid uyg‘otuvchi yangilik hisoblanadi.

Hozirgacha qovug‘i olib tashlangan bemorlarda peshob chiqarishni ta’minlash uchun ichakning bir qismidan foydalanib kelingan. Ba’zilariga qorin bo‘shlig‘i tashqarisida joylashgan maxsus xaltachaga peshob yig‘iladigan yonbosh ichak naychasi (ileal konduit) o‘rnatiladi. Boshqalarga esa tananing ichki qismiga o‘rnatiladigan va peshob yo‘liga ulanadigan sun’iy qovuq — neoqovuq qo‘yiladi.

Biroq doktor Inderbir Gillning ta’kidlashicha, ichak to‘qimasi ko‘plab bakteriyalar bilan to‘la bo‘lgani bois “tabiatan ifloslangan” hisoblanadi. Uni peshob yo‘llari kabi “steril” hududga kiritish bemorlarning 80 foizigacha bo‘lgan qismida turli asoratlarga sabab bo‘lmoqda. Bu asoratlar orasida elektrolitlar muvozanatining buzilishi, buyrak faoliyatining asta-sekin susayishi va hazm muammolari ham mavjud.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »