Bugun,

  • USD12618.63
  • RUB160.83
  • EUR14516.47

Dunyoda o‘tkir oziq-ovqat taqchilligi sababli qariyb 300 million kishi ochlikdan o‘lish mumkin. Bu haqda yangi tahlil ma’lumotlariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Foto:
Foto: AP Photo

Urushning kuchayishi, gumanitar yordam qisqarishi, iqlim va iqtisodiy zarbalar 2024-yili 13,7 million kishining surunkali oziq-ovqat tanqisligi sharoitida qolishiga olib keldi. Oltinchi yildirki, “o‘tkir oziq-ovqat tanqisligining yuqori darajasi”ga duch kelgan odamlar soni ortmoqda. 

Oziq-ovqat inqirozlari bo‘yicha so‘nggi global hisobotga ko‘ra, ko‘rsatkich 295,3 million kishiga yetdi. Bu 53 mamlakat aholisining qariyb chorak qismini — 22,6 foizini tashkil etadi. Ularning 95 foizdan ortig‘i G‘azo sektori yoki Sudanda istiqomat qiladi. Gaiti, Mali va Janubiy Sudanda ham xuddi shunday oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmoqda.

Sudanda fuqarolar urushining kuchayishi rasman ocharchilik e’lon qilinishiga olib keldi, 24 milliondan ortiq kishi o‘tkir oziq-ovqat tanqisligiga duch keldi.

Mart oyi boshida G‘azo sektoriga barcha o‘tish yo‘llari yopilgani va ikki oylik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi barbod bo‘lganidan so‘ng, oziq-ovqat mahsulotlariga kirish jiddiy cheklandi, deyiladi xabarda.

G‘azoning 2,1 millionga yaqin aholisi Isroilning gumanitar yordam blokadasi davom etar ekan, ocharchilikning “kritik xavfi” ostida qoldi. Ekspertlar 19 ta mamlakatda, jumladan. Myanma, Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasidagi mojarolar tufayli oziq-ovqat xavfsizligi yomonlashganini aniqladi.

Iqlim inqirozi sababli Efiopiya, Keniya, Somali, Afg‘oniston va Pokistonda qurg‘oqchilik sharoitining yomonlashishi kutilayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. USAID tomonidan moliyalashtirishning to‘xtatilishi Sudan, Yamayka va Gaiti kabi davlatlarda 14 milliondan ortiq bolalarga mo‘ljallangan oziq-ovqat xizmatlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu esa ularni og‘ir qashshoqlik va o‘lim xavfiga duchor qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi 

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

“AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »