Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Amerikalik aktyor, bodibildingchi va siyosatchi Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li Kristofer Shvarsenegger birgina mahsulotdan voz kechgani tufayli 14 kilogramm vazn yo‘qotdi. Bu haqda People jurnali xabar bermoqda.

Foto: Kino

Taʼkidlanishicha, 27 yoshli merosxo‘r Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Beacher Vitality Happy & Healthy tadbirida qatnashgan va u yerda o‘zini qanday qilib xushbichim shaklga keltirgani haqida nutq so‘zlagan. U bu jarayonga besh yildan ko‘proq vaqt ketganini aytadi. Jumladan, u Pasxa oldidan ro‘za tutish paytida 40 kun non isteʼmol qilmaslik orqali 14 kilogramm vazn yo‘qotgan.

U maktab davridan ortiqcha vaznga ega bo‘lgan. O‘sha paytdan beri ko‘plab vazn yo‘qotish usullarini sinab ko‘rganini taʼkidladi.

Foto: Kino

“Bunday natijaga erishish bir kechada sodir bo‘lmadi, ko‘plab sinovlar va xatolar bo‘ldi. Siz oldingi va hozirgi fotosuratlarim haqida gapirib turganingizda ham hali o‘zimni ozg‘in deb his qilmayman”, dedi yulduzning o‘g‘li.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »