Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabriklab, qardosh Qozog‘iston xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, samarali logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun 72 yoshni qarshiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »