Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Toshkentda 15-may kuni yoshlar uchun “Xalqaro biznes marafon” bo‘lib o‘tdi.

Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmatining xabar qilishicha, tadbirda 300 nafardan ortiq faol yoshlar, mamlakatning muvaffaqiyatli tadbirkorlari hamda 20 dan ortiq xorijlik biznes mutaxassislari ishtirok etdi. Marafon davomida yoshlar zamonaviy biznes yuritish, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularga amaliy ko‘nikmalar berish va global tarmoqlarga yo‘l ochish bo‘ldi.

Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov
Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov
“Ushbu marafon doirasida nafaqat yurtimizdagi yetuk va muvaffaqiyatli tadbirkorlar, balki 350 nafardan ortiq yoshlar ham ishtirok etdi. Ayniqsa, 20 dan ortiq xorijlik tajribali biznesmen-mutaxassislarning ishtiroki tadbirga alohida ruh va professional muhit bag‘ishladi”, deydi Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Xayrulla Sattarov.

Uning ta’kidlashicha, bu — nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yoshlarni global biznes maydoniga tayyorlash yo‘lida katta qadam bo‘ldi.

Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov
Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov
Foto: Telegram / Xayrulla Sattarov

Poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tgan tadbir “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »