Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Yirik miqdorda pulni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda 14-may kuni Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Interpolning O‘zbekistondagi byurosi

Qayd etilishicha, ushbu shaxs boshqargan xususiy kompaniya paxta yetishtirish uchun bankdan 9 million dollar kredit olgan. U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan qariyb 20 million dollar foyda olib, qarz mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmay, xorijga qochib ketgan.

O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosidan ayblanuvchining Rossiyaga kelishi ehtimoli haqida ma’lumot olingach, samolyot qo‘ngandan so‘ng u darhol  “Vnukovo” aeroportida huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan va o‘sha kuniyoq O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

2024-yil dekabrida Rossiya Qozog‘istonga 7 million dollarlik firibgarlik ishida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik ayolni ekstraditsiya qilgandi. 2025-yil fevralida o‘g‘rilik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.  Buxoroda firibgarlik sodir etib qochib yurgan o‘zbekistonlik mart oyida Rossiyada ushlangandi. O‘sha oyda Toshkentda bir necha kishini kaltaklagan erkak Qozog‘istonda qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »