Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Xabi Alonso Kilian Mbappe va Vinisius Juniordan qanday foydalanish borasida reja tuzib qo‘ygan. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bergan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis ikkita hujumchidan iborat taktik sxemadan foydalanishni rejalashtirgan — 5-3-2 yoki 4-4-2.

Mbappe hamda Vinisius asosiy hujum juftligi sifatida ko‘rilmoqda. Braziliyalik boshqa bir futbolchi — Rodrigo yozda “qirollik klubi”dan ketishi mumkin. Ayni paytda unga Yevropaning ko‘plab klublari, xususan, “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar barchasi o‘xshasa, Rodrigo boshqa chempionatga o‘tadi. Bu holat Alonsoning ishini yengillashtiradi.

Ispaniyalik mutaxassisning “Real”dagi faoliyati iyun oyidan boshlanishi kutilmoqda. U klubdan ketayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini egallaydi. Yaqinda “Bayer” rahbariyati Alonso jamoani tark etishini rasmiy ravishda tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti faoliyatini Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida davom ettiradi. U Ispaniya chempionatida mavsum yakunlangach, “pentakampeonlar” safida ish boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Shimoliy koreyalik qochqin Kim Chen Inni zo‘ravonlik uchun sudga berdi

Shimoliy koreyalik qochqin Kim Chen Inni zo‘ravonlik uchun sudga berdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Putin tinchlikni istamaydi. U urush va qotilliklarga qaram bo‘lib qolgan” — Zelenskiy 

“Putin tinchlikni istamaydi. U urush va qotilliklarga qaram bo‘lib qolgan” — Zelenskiy — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Jinoyatchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha psixolog kadrlarga ehtiyoj bor — IIV Jazoni ijro etish departamenti

Jinoyatchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha psixolog kadrlarga ehtiyoj bor — IIV Jazoni ijro etish departamenti— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »