Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Agar farzandingiz 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lsa va u ota-onasiz parvoz qilayotgan bo‘lsa, Silk Avia bolalar uchun hamrohlik xizmatini taklif etadi! Aviakompaniya yo‘lning har bir bosqichida kichik yo‘lovchiga g‘amxo‘rlik qiladi.

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni aviakompaniya xodimlari nazorati ostida ota-onalar hamrohligisiz parvozga qabul qilishi mumkin. Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak. Xizmat narxi – 15 yevro (material e’lon qilingan paytdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha 219 ming so‘m).  

Parvozdan oldin

Ota-onalar yoki vasiylar bolani aviakompaniya xodimiga topshiradilar. Ular aviaqatnov jo‘nab ketgunga qadar aeroport binosida qolishlari shart. 

Xizmatni rasmiylashtirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:  

•    pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
•    aviachipta (marshrut kvitansiyasi);
•    tibbiy ma’lumotnoma (agar zarurat bo‘lsa);
•    aeroportda to‘ldiriladigan Javobgarlik to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan “Kuzatib borilmayotgan bolani tashish uchun so‘rovnoma”.

Barcha hujjatlar maxsus “UM” konvertga joylashtiriladi va bolaga butun safar davomida hamrohlik qiladi. 

Ro‘yxatdan o‘tkazish va samolyotga chiqish

Aviakompaniya xodimi bolani aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tkazadi va uning yuklarini “UM” kodi bilan maxsus yorliqlar bilan belgilaydi. So‘ngra u bolani barcha nazorat punktlaridan olib o‘tadi va havo kemasi bortida bolani imzo evaziga bortkuzatuvchiga topshiradi. “So‘rovnoma” blankasining nusxalaridan biri kuzatuvchida qoladi, bu esa bolaning ekipajga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.  

Yetib borgach 

Aeroportda bolani aviakompaniya xodimi kutib oladi, pasport nazoratidan o‘tkazishga va yukini olishga ko‘maklashadi. Bola faqat pasport tekshirilgandan va imzo qo‘yilgandan keyingina kutib oluvchi shaxsga topshiriladi.  

Agar kutib oluvchi so‘rovnomadagi ma’lumotlarga mos kelmasa, aviakompaniya bolani ota-onasi bilan bog‘lanib, xavfsizlik choralarini ko‘radi. Agar kutib oluvchilar bo‘lmasa, bolani ortga qaytarib yuborishlari yoki tegishli tashkilotlarga topshirishlari mumkin.

Buning qulayligi va xavfsizligi nimada: 
• Sayohatning barcha bosqichlarida kuzatib borish 
• Shaxsiy e’tibor va nazorat
• Ota-onalar uchun xotirjamlik
• Bola uchun qulaylik va ishonch 

Сайт: www.silk-avia.com 

Facebook: fb.com/silkavia.live

Instagram: @silkavia.live

Telegram: t.me/silkavia_live

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »