Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Qirg‘izistonda masjid imomlariga stipendiya to‘lash boshlandi. Bu haqda Musulmonlar diniy idorasi xabar berdi.

Foto:
Foto: Qirg‘iziston Musulmonlar diniy idorasi 

Stipendiya diniy sooha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va diniy sohani mustahkamlash maqsadida berilmoqda. Dastlabki bosqichda imomlar har oyda 8 ming som miqdorida (91 dollardan ortiq) mablag‘ oladi.

Bugun biz tarixiy qarorning guvohi bo‘ldik. Imom shunchaki namoz o‘qiydigan odam emas, balki jamiyatning ma’naviy qo‘riqchisi, milliy ongni uyg‘otuvchi rahbardir. Uning so‘zi millatning ma’naviy qiyofasini shakllantiradi, pand-nasihatlari tinchlikni saqlaydi, qarashlari esa yoshlarga yo‘l ko‘rsatadi. \

Agar imomga sharoit yaratib bersak, u butun jamiyat ongini shakllantirishga yordam beradi. Imomni qo‘llab-quvvatlasak, u xalq ishonchini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradi. Bu qadam mamlakatimiz kelajagining ma’naviy poydevoridir, degan Qirg‘iziston muftiysi Abdulaziz qori Zokirov.

Stipendiyalar mamlakatning barcha hududlaridagi masjidlarda rasman ro‘yxatdan o‘tgan imomlarga to‘lanadi. Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi bu ularning xayr-ehson va tashqi yordamga qaramligini kamaytirishini ma’lum qildi.

Dasturning boshlanishi haqida birinchi marta prezident Sadir Japarov 2024-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan uchinchi Xalq qurultoyida ma’lum qilgan edi. O‘shanda u 2025-yilning mart oyidan boshlab imomlar oyiga 8 ming somdan maosh ola boshlashini, yil oxiriga kelib esa to‘lovlar miqdori 20 ming somgacha (salkam 229 dollar) oshirilishini aytgandi.

Keyinroq prezident “Kabar” agentligiga bergan intervyusida bu maqsadlar uchun davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmasligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »