Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Litva markaziy osiyolik muhojirlaga mavsumiy ishlash uchun ruxsatnomalar berishni deyarli uch baravar oshirdi. Bu haqda mamlakatning Bandlik xizmati xabar berdi.

Foto:
Foto: pixabay

Ma’lum qilinishicha, yilning birinchi choragida 363 ta shunday ruxsatnoma berilgan. 2024-yilning shu davrida bu raqam 122 tani tashkil etgan. Eng ko‘p ruxsatnoma quyidagi davlatlar fuqarolariga berilgan:

  • O‘zbekiston – 42 foiz;
  • Tojikiston – 34 foiz;
  • Qirg‘iziston – 6 foiz.

Ularning 53 foizi yo‘l qurilishida ishlagan, 14 foizi oshpaz bo‘lgan, 7 foizi qassob, 5 foizi esa qulupnay teruvchi, farroshlar va qurilish ishchilari bo‘lib ishlagan.

Litva mehnat bozori bu yerga pul ishlash maqsadida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan chet elliklar uchun tobora ko‘proq ochilmoqda, dedi Bandlik xizmatining xorijliklarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ernest Varnayte.

Ma’lumot o‘rnida, Litva Markaziy Osiyo fuqarolari uchun migratsiya siyosatini kuchaytiradi. Mintaqa davlatlarining o‘nga yaqin fuqarosiga terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi va radikallashuvi ehtimoli tufayli Litvaga kirish taqiqlangan. Litva bosh vaziri viza berish jarayonida endi madaniy yaqinlikka ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »