Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Amerikaning birinchi vodorod bombasini ishlab chiquvchilardan biri Richard Garvin 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda CBC News xabar berdi.

Foto:
Kollaj: Oxu.az

Garvin 13-may kuni Skarsdeyldagi (Nyu York shtati) uyida vafot etgan. Marhum bir necha AQSH prezidentlariga maslahatchi bo‘lgan. U yadro qurollari, fizika va harbiy texnologiya hamda boshqa sohalarga o‘z hissasini qo‘shgan. Garvin 500 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan va 47 ta AQSH patentini olgan.

21 yoshida fizik olim, Nobel mukofoti sovrindori Enriko Fermi rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyinchalik uni laboratoriyaga ishga taklif qilishgan. Mazkur laboratoriyada Robert Oppengeymer atom bombasi ustida ishlagan. U yerda 1951-yilda Garvin birinchi samarali termoyadroviy bomba konstruksiyasini yaratgan. O‘shanda u atigi 23 yoshda bo‘lgan.

Bu qurol 1952-yil noyabr oyida Enevetak atollida “Mayk” nomi ostida sinovdan o‘tkazilgan. U 10,4 megatonna TNT kuchiga teng portlash hosil qilgan. Bu o‘lchov birligi yadro qurollarining kuchini miqdoriy jihatdan ifodalaydi.

Garvin bir necha o‘n yillar davomida AQSHning turli prezidentlari administratsiyasida — Duayt Eyzenxauer (1953–1961)dan to Bill Klinton (1993–2001)gacha (faqat Jerald Ford va Ronald Reygan davridan tashqari) — fan va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan.

U Pentagon huzuridagi Maslahat qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan, Markaziy razvedka boshqarmasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlik qilgan, Karib inqirozi (1962) va Chernobil fojiasi (1986) oqibatlarini tahlil qilgan.

Garvin qurollarni nazorat qilish va yadroviy qurolsizlanish tarafdori edi. U ochiqchasiga yangi qurol turlarini ishlab chiqishga qarshi chiqqan va davlatlarning mudofaa siyosatida shaffoflik g‘oyalarini ilgari surgan. Garvinning ilmiy qiziqishlari lazer fizikasi va biotibbiyot texnologiyalari bilan ham bog‘liq edi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, jumladan, AQSHning eng oliy fuqarolik mukofoti — prezidentning Ozodlik medalini qo‘lga kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »