Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:
Foto: “AKIpress”

Bu hujjat rasmiylar tomonidan ekstremistik yoki jamoat tartibiga tahdid soluvchi deb topilgan postlarga layk bosganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiladi. Emomali Rahmon 2018-yilda Jinoyat kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirishlar kiritgan edi. Unga ko‘ra, internetda terrorchilik xususiyatidagi jinoyatlarga ochiqcha da’vat qilish yoki terrorizmni oqlash uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Hozirda ushbu modda asosida hukm qilingan shaxslar ozod qilinadimi, yo‘qmi, noma’lum. “Ozodlik” bilan suhbatlashgan advokat Dilshod Jo‘rayev bunday insonlarga sud hukmini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha iltimosnoma kiritishni maslahat beradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 1,5 mingdan ortiq odam hukumat ekstremistik deb hisoblagan maqolalarga layk bosgani va sharhlagani uchun sudlangan. Ko‘pincha, hukumat tomonidan muxolifatga aloqador yoki ularga xayrixoh deb hisoblangan shaxslar huquq-tartibot organlari nishoniga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »