Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad etilishi, Afg‘oniston Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qilishi, Toshkentdagi omborda yirik yong‘in sodir bo‘lishi – “Daryo” nashri 14-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad etildi 

Bog‘ot tumanidagi uylardan birining dahlizi qulab tushgan. Sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan.

Toshkentda to‘rt kishini 26 ming dollar evaziga hajga noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan turfirma xodimlari ushlandi

Farg‘ona, Namangan viloyatlarida ham haj va umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringanlar harakatlariga chek qo‘yildi.

Afg‘oniston Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi

To‘rt ming kvadrat metr hajmda marmar tosh olib kelindi, ikkinchi bosqichi ham tayyor bo‘lishi bilan O‘zbekistonga yetkaziladi.

Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Noyob arxeologiya yodgorliklari qisman buzilgan, yo‘l ochish uchun tekislangan.

“O‘zavtosanoat” Damas zavodida ishlab chiqariladigan yangi avtomobil yuzasidan izoh berdi

Yangi model iste’molchilar istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi.

Toshkentdagi omborda yirik yong‘in yuz berdi (video)

Uni o‘chirishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

O‘zbekiston samolyot va aviakompaniyalar soni bo‘yicha MDH mamlakatlari uchligiga kirdi

Reytingda Rossiya yetakchilik qilmoqda.

Maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlandimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayrim maktablarda tegishli taqiqlovchi talablar kiritilishi mumkinligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston hayot sifati yuqori mamlakatlar qatoridan joy oldi — reyting

Yurtimiz Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha reytingda Qozog‘iston va Turkmanistondan keyingi uchinchi mamlakatga aylangan.

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatining Call-markazi ishga tushdi

Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Sergelida joylashgan omborxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Omborxonada spirtli mahsulotlar saqlangan. Bu esa yong‘inning tez tarqalishi va alangalanish darajasining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Prezident O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

2025-yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash kabi vazifalar belgilab berildi.

Angrendagi ko‘prikning bir qismi qulab tushishi oqibatida yo‘l vaqtincha yopildi

Qorabog‘soy ko‘prigi 1969-yilda foydalanishga topshirilib, 1995-yilda rekonstruksiya qilingan.

Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkaziladi

Prezident Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Shimoliy koreyalik qochqin Kim Chen Inni zo‘ravonlik uchun sudga berdi

Shimoliy koreyalik qochqin Kim Chen Inni zo‘ravonlik uchun sudga berdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Putin tinchlikni istamaydi. U urush va qotilliklarga qaram bo‘lib qolgan” — Zelenskiy 

“Putin tinchlikni istamaydi. U urush va qotilliklarga qaram bo‘lib qolgan” — Zelenskiy — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Jinoyatchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha psixolog kadrlarga ehtiyoj bor — IIV Jazoni ijro etish departamenti

Jinoyatchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha psixolog kadrlarga ehtiyoj bor — IIV Jazoni ijro etish departamenti— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »