Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Turk aktyor va aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar va so‘nggi kunlarda yulduzlar nimalar bilan band ekani haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Hande Erchel va Hakan Sabanjining unashtiruvi Sharqiy ekspressda bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Hafta “Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzining muxlislari orasida tarqalgan mish-mishlar bilan boshlandi. Hande Erchel va Hakan Sabanji qisqa muddatli ta’til davomida “Sharqiy ekspress”da tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda ulashdi, bu esa turli savollarni keltirib chiqardi. Juftlik bunday sayohat uchun juda dabdabali ko‘rinishda ekanligi bois ular yashirincha unashtiruv marosimi o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Taro Emir Tekin polshalik model Sandra Formanek bilan uchrasha boshladi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

“Bevafo”, “Qo‘rg‘on sirlari” seriallarining yulduzi Taro Emir Tekin o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida polshalik model Sandra Formanek bilan tushgan suratlarni ulashdi va shu tariqa yangi munosabatlar boshlaganini e’lon qildi. Ko‘pchilik muxlislar Sandrani Taroning sobiq sevgilisi Sofiya Katsga o‘xshashligini payqadi va bu o‘xshashlik yanada ko‘proq izohlar qoldirilishiga turtki bo‘ldi.

Faruk Sabanji va Esra Bilgich Yaponiyaga sayohatga jo‘nab ketishdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Hakan Sabanjining qarindoshi Faruk Sabanji qallig‘i Esra Bilgich bilan kunchiqar mamlakat — Yaponiyaga yo‘l oldi. Juftlik safarga ketish chog‘ida aeroportda paparatssilar kamerasiga tushdi.

Yovvoyi seriali aktyori Sezer Aryachay Gizem Chichekliog‘lu bilan turmush qurdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Dizi olamida navbatdagi to‘y: bu safar “Yovvoyi” seriali aktyori Sezer Arichay baxtli kuyovga aylandi. Uning sevgilisi — ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bloger Gizem Chichekliog‘lu bo‘lib, u kino olamidan yiroq sohada ishlaydi. Ular 2024-yil avgustida unashtirilgan edi.

“Qizil sharbat” serialiga Murat Balji qo‘shildi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Ssenariy mualliflari va prodyuserlar reytingni saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishga tayyor. Hatto Abdullohning yana bir yosh sevgilisi paydo bo‘lib, Pembe xonimni ataylab zaharlagani ham bunga yetarli bo‘lmadi. Serial 100-qismning ikkinchi treylerida biz Gollandiyadan kelgan Ishilning sobiq yigiti Leo rolida qo‘shiqchi Murat Baljini ko‘rdik. Aftidan, bu serialdagi yangi mojarolarning boshlanishiga o‘xshaydi, chunki Nursema bu vaziyatni “o‘gay onasi”ga qarshi ishlatishi mumkin.

“Qizil sharbat” serialidagi aktrisa Feyza Jivilekka nisbatan tergov ishlari qo‘zg‘atildi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Pembe rolini ijro etgan Sibel Toshchiog‘lu Feyza Jivilek va uning onasi bilan ziddiyat sabab serialni tark etgan edi. Endi esa u bilan bog‘liq yangi mojaro haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Nilay obrazini gavdalantirgan aktrisa sobiq yigitining yangi sevgilisi bilan janjallashgani va unga tahdidlar qilgani aytilmoqda. Aytilishicha, u qizga qarata shunday degan:

“Men seni ko‘prikka osib o‘ldiraman, bu yerdan yo‘qol!”

Agar bu gaplar isbotlansa, aktrisaga ma’muriy jazo berilishi va tahdid qilingan qizga yaqinlashishi taqiqlanishi mumkin.

Tolga Saritash va Zeyneb Mayruk farzandining jinsini oshkor qilishdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

“Muhtasham yuz yil” serialida shahzoda Jahongir obrazini ijro etgan Tolga Saritash va uning rafiqasi Zeyneb Mayruk farzand kutayotgani aprel oxirida ma’lum bo‘ldi. Endi esa ular kutayotgan chaqaloqning jinsi o‘g‘il bola ekanini e’lon qilishdi.

“Hukmdor Usmon” seriali yulduzlari Chag‘ri Shensoy va Buse Arslan yangi tug‘ilgan farzandining ilk suratini auditoriyasiga ulashdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Yaqinda ota-onalik maqomiga erishgan mashhur juftlik — Chag‘ri Shensoy va Buse Arslan 2025-yil 3-may kuni ilk bor qiz farzandli bo‘lishdi. 7-may kuni ular qizalog‘ining quvnoq suratlarni e’lon qilishdi.

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Kerem Bursin orzusidagi rol haqida so‘zlab berdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Kerem Bursinni doimo yoqimtoy Serkan Bolat sifatida eslab qolishni xohlasak-da, aktyorning karyera bo‘yicha boshqa rejalari bor: u ELLE jurnaliga bergan intervyusida eng orzu qilgan roli haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor yovuz qahramon rolini o‘ynashni juda xohlaydi, chunki salbiy obrazlar muxlislarga ko‘proq qiziq bo‘ladi.

“Qo‘rg‘on sirlari” serialining yana bir yulduzi turmushga chiqdi

Foto: The Girl
Foto: The Girl

Beril Pozamdan (Suna) so‘ng, endi Bushra Alnitemiz ham oila qurdi. U Pelinning amakivachchasi va Kayning sobiq sevgilisi — Piril rolini o‘ynagan. Serialda u ikkinchi mavsum davomida o‘z munosabatlarini qayta tiklashga uringan edi. Hayotda esa u aktyor Omer Tezjel bilan turmush qurdi. Qizig‘i shundaki, Bushra va Omerning to‘yiga “Qo‘rg‘on sirlari”dagi aktyorlardan birortasi tashrif buyurmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »