Bugun,

  • USD12559.26
  • RUB160.17
  • EUR14413.01

O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida 23 ta yangi loyihani amalga oshiriladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida 2025–2026-yillar uchun umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi.

Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Xabarda qayd etilishicha, tashrifning asosiy natijasi — 2025–2026-yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi vakolati O‘zbekistonga o‘tishi haqida rasmiy e’lon qilinishi bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan Jamshid Xo‘jayev kengash raisi sifatida tasdiqlandi, bu esa O‘zbekistonga yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchning yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, OTB boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi 2026-yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995-yilda aʼzo bo‘lgan va o‘shandan beri bank mamlakatga qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etib kelmoqda. 

OTB O‘zbekistonga ajratgan so‘nggi mablag‘lar

2024-yil iyulida OTB O‘zbekistonga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga ko‘maklashish uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi

O‘sha yilning avgustida OTB O‘zbekiston hukumatining mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 400 million dollar bo‘lgan ikkita qarz ajratdi.

Noyabr oyida OTB O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga moslashish va yashil iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 250 million dollar miqdorida kredit ajratdi. 

2025-yil fevralida OTB O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishni modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar miqdorida kredit ajratdi. Loyiha doirasida “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy filiallari uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasi raqamlashtiriladi, bu esa suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi va energiya sarfini kamaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

“Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »