Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Rossiyada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida tojikistonlik harbiylar ham ishtirok etadi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi AsiaPlus agentligiga xabar berdi. 

Foto: Facebook

Rossiya poytaxtiga Qizil maydonda saf tortib yurish uchun qancha askar kelishi hozircha noma’lum. G‘alabaning yubiley tantanalariga 19 mamlakat, jumladan, sobiq Ittifoqning 7 davlatidan harbiy xizmatchilar taklif etilgani aytilmoqda. Ayni paytda 10 ta davlat harbiylari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan, Tojikistondan tashqari, Qirg‘iziston ham o‘z harbiylarining G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu mamlakatdan 80 nafar askar Moskvadagi paradga boradi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Ukrainadagi urushda qatnashganlar ham paradda qatnashadi. Moskvaga 9-may bayrami munosabati bilan ko‘plab jahon yetakchilari, jumladan, Xitoy raisi Si Szinpin, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Braziliya rahbari Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, shuningdek, Hindiston va Slovakiya bosh vazirlari Narendra Modi hamda Robert Fitso tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev, Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov  va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »