Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

O‘zbekiston superligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni qabul qildi. G‘uzorliklar turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan bo‘lishsa ham mazkur uchrashuvda mezbonlarga munosib qarshilik ko‘rsatishga intildi. 

O‘yinning birinchi bo‘limi “lochinlar” ustunligida kechdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan paytda braziliyalik himoyachi Igor Gabriel to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, namanganliklarning tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishlarini taʼminladi. 

Uchrashuvning 2-bo‘limida Sergey Lushan shogirdlari hujumni kuchaytirdi. Jamoaning navbatdagi hujumlaridan birida Shahzod Ubaydullayev zarbasidan so‘ng to‘p raqib himoyachisining qo‘liga tegdi va uchrashuv hakami “Sho‘rtan” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini “Navbahor” sardori Azim Ahmedov amalga oshirdi. Biroq uning zarbasidan so‘ng “Sho‘rtan” darvozaboni Shohruh Eshbo‘tayev to‘pni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan paytda mezbonlar hujumni kuchaytirdi. Bu 90+7-daqiqada o‘z samarasini berdi va Alisher Odilovning o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga uzatgan to‘pini Abbos G‘ulomov samarali yakunlab, darvozani aniq nishonga oldi va yakuniy hisob 2:0 ko‘rinish olishini taʼminladi.

Qayd etish joizki, shu kuni ikki jamoa o‘rtasidagi bahsni kuzatish uchun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohiga rekord darajadagi — 25 ming nafar muxlis to‘plandi. 

“Daryo” “Navbahor” va “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan fotogalereya tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »