Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv 11-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Navbahor” klubi matbuot xizmati

Unda Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvdagi eʼtiborga molik holat – ikkala gol ham bo‘limlar oxirida urildi.

Jumladan, 45+3-daqiqada Igor Gabriel o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada Abbosjon G‘ulomov hisobni ikkitaga oshirdi. 

Ushbu g‘alaba bilan namanganliklar 8 ochko to‘plagan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. G‘uzorliklar esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bo‘lib turibdi.

Superliga

5-tur

11-aprel, juma

“Navbahor” — “Sho‘rtan” 2:0

Gollar: 1:0 — 45+3, Igor Gabriel, 2:0 — 90+7, Abbosjon G‘ulomov.

Amalga oshirilmagan penalti: 60, Azim Ahmedov

“Navbahor” – Yo‘ldoshev, Ahmedov (Islomov, 69), Komilov, Ubaydullayev (Odilov, 69), Mirsaidov, Jiyanov, Augusto (O‘rinboyev, 82), Karpovich, Gedesh, G‘ulomov, Gabriel.

“Sho‘rtan” – Eshbo‘tayev,  Sultonmurodov, Qo‘ziyev (Xudoyberdiyev, 82),  Mamasidiqov, Sharipov (Ergashboyev, 86), Toshqo‘ziyev (Javohir Hasanov, 82), Mannonov, Hasanov (Saidazimov, 72), Narzullayev (Jabborov, 46), Pirmuhammedov, Saitxonov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »