Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Qirg‘izistonlik chegarachilar Chu daryosi orqali qirg‘iz-qozoq chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: Manas News

Chegarachilar Qozog‘iston hududida Qirg‘iziston chegara chizig‘iga bevosita yaqin joylashgan Mercedes-Benz rusumli avtomobilni aniqlagan. Shundan so‘ng ular avtomobilning qarshisidagi chegara hududiga yo‘nalgan. Chegarachilar Chu daryosi orqali Qirg‘izistonga piyoda o‘tgan ayolni qo‘lga olgan. Uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, qo‘lga olingan shaxs qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish va voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun vakolatli organlar xodimlariga topshirilgan. Chegara xizmati mamlakatga noqonuniy kirganlar Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishi haqida eslatib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »