Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi safarda “Neftchi” mehmoni bo‘ldi. Ilk daqiqalaridan keskin kurashlar ostida boshlangan bahsning 30-daqiqasida Sergey Lushan shogirdlari darvozadan 30 metrlar chamasi uzoqlikda jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. “Navbahor” sardori Azim Ahmedov kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga “mixlab” qo‘ydi hamda “lochinlar”ning tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishlarini taʼminladi. Ahmedov shu tariqa jamoasining yubiley – 1550-golini urdi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida muxlislar ikki golga guvoh bo‘ldi. 48-daqiqada Ikromjon Aliboyevning “Navbahor” jarima maydonchasi ichiga oshirgan to‘pini Bilolxon Toshmirzayev darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, namanganliklar yana hisobda oldinga chiqib oldi.

Braziliyalik hujumchi Augusto Pedro to‘pni boshi bilan jamoadoshi Ruslanbek Jiyanovga yetkazib berdi. “Neftchi” darvozaboni Eldorbek Suyunov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Jiyanov to‘pni Suyunovning oyoqlari orasidan o‘tkazib, darvozaga aniq yo‘lladi – 1:2.

Hisobda ortda borayotgan Vitaliy Levchenko shogirdlari muvozanatni tiklash maqsadida hujumni kuchaytirdi. Maydon egalarining 64-daqiqadagi hujumidan so‘ng hisob tenglashdi. “Yo‘lbars”larning serbiyalik hujumchisi Zoran Marushich “Navbahor” darvozaboni Shukron Yo‘ldoshev bilan yakkama-yakka vaziyatda qolib, to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi – 2:2.

Uchrashuvning 72-daqiqasida mezbonlarning navbatdagi hujumidan so‘ng yana Zoran Marushich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo‘llab, yakuniy hisobning 3:2 ko‘rinish olishini taʼminladi.

“Daryo” “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan fotogalereya tayyorladi.

Fotolar muallifi: Oqilxon Mamajonov

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »