Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Qatar sport rasmiylari xorvatiyalik futbolchi Luka Modrichni o‘z chempionatida ko‘rishni xohlamoqda. Ular Saudiya Arabistoni Pro Ligasiga jiddiy raqobat ko‘rsatish maqsadida yuqori darajadagi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istamoqda va “Real” futbolchisi ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.

Foto: Getty Images

Hozirda Qatar ligasida Xoselu, David Garsiya, Rodrigo Moreno va jahon chempioni Xavi Martines kabi taniqli futbolchilar to‘p surmoqda. Modrich esa hali Madridning “Real” klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradimi — noma’lum. Biroq futbolchining pul uchun chempionatni o‘zgartirish istagi yo‘qligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval Modrich Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubidan tushgan taklifni rad etgan edi. Shu bois taniqli mutaxassislar 39 yoshli yarim himoyachini Osiyo qit’asiga kelishiga ishonishmayapti.

Ma’lumot uchun, Modirch joriy mavsum La Liga doirasidagi 29 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi

Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »