Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida kambek qilib “Navbahor”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv 5-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: “Neftchi” matbuot xizmati
Farg‘onaning “Neftchi” klubi Namanganning “Navbahor”iga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob namanganliklar tomonidan ochildi. 30-daqiqada Azimjon Ahmedov gol urdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Bilolxon Toshmirzayev hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas esa Ruslanbek Jiyanov hisobni yana oshirdi va namanganliklarni oldinga olib chiqdi.
63-daqiqaga kelib Zoran Marushich hisobni tenglashtirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana Marushich gol urib, jamoasini hisobda oldingga olib chiqdi – 3:2.
Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Neftchi” joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.