Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Samarqandda boshlangan “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammiti, “Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topilishi, Samarqanddagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urib, qo‘pol munosabatda bo‘lishi — “Daryo” nashri bugun, 3-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

Soxta treyderga aldanganlardan biri 20 mln so‘midan ayrilgan.

O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda

O‘zbekiston yoshlarini Germaniya korxonalariga ishga joylashtirish ham rejalashtirilgan.

YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd yevrodan oshdi 

Shavkat Mirziyoyev ushbu bank prezidenti Odil Reno-Basso bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘rib chiqdi.

“Tashabbusli byudjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Ularga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 7,5 milliard so‘m ajratildi.

Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

“Markaziy Osiyo Yevropa ittifoqi uchun muhim hamkor” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya rahbari mintaqaning ahamiyati va Samarqanddagi sammitda nimalar muhokama qilinishi haqida gapirdi.

Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti va Yevropa komissiyasi prezidenti bilan uchrashuvida aytildi.

Surxondaryoda so‘roqqa olib ketilgan fermer vafoti yuzasidan yakuniy ma’lumot e’lon qilindi 

Unda fermerning vafoti yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi natijasi keltirilgan.

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi taʼsis etilishi to‘g‘risida bitim imzolandi

O‘zbekiston prezidenti, Yevropa kengashi va Yevropa komissiyasi prezidentlari huzurida tegishli bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Ittifoqi yetakchilari birgalikda daraxt ekdi (foto)

Ko‘chat ekish marosimi O‘zbekiston va YI o‘rtasida do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganining ramzi bo‘ldi.

Toshkentning markaziy ko‘chalarida 5 kun yuk mashinalar harakati to‘liq cheklanadi 

Qurilish obyektlarida og‘ir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari qaysi yo‘ldan yurishi mumkinligi aytildi.

Samarqanddagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urib, qo‘pol munosabatda bo‘ldi (video)

U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

Bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan transport va energetika sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalasini ko‘rib chiqdi

Mintaqaviy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari chegara masalalarining to‘liq tartibga solinishi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochishini taʼkidladi

Aprelda bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida tovar ayirboshlashni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishib oldi

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

U-17 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Tailandni tor-mor etdi

O‘zbekiston terma jamoasi 3 ochkoni hisobiga yozib qo‘ydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »