Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 3-aprel kuni Samarqandga keldi.

Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov

U Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov

Shundan so‘ng, Sadir Japarov tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

“Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti 

Ushbu sammit Samarqand shahrida 3—4-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

“Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuvidan boshlandi. 3-aprel kuni sammitda ishtirok etadigan yana bir qator delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 4-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »