Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan bo‘lsa-da, ularni bu mintaqa orqali chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni bildirdi.

Foto: Thierry Monasse/Getty Images 

“Yevropa ittifoqi Rossiya harbiy mashinasini izdan chiqarish uchun 16 ta sanksiyalar paketini joriy etdi va biz 17-paket ustida ishlamoqdamiz. Shu bois, men sanksiyalarimizni chetlab o‘tishga, jumladan, Markaziy Osiyo orqali qarshi kurashish muhimligini ham ta’kidladim. Bu sanksiyalar iqtisodiyotingizga zarar yetkazayotganini tushunaman, biroq hammamiz bu urushning tugashini istashimiz aniq. Rossiya kompaniyalarining sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Markaziy Osiyoga murojaat qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, dedi u.

27-mart kuni Ashxobodda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokida Yevropa ittifoqi—Markaziy Osiyo” 20-vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda ishtirokchilar 3-4-aprel kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Yevropa ittifoqi—Markaziy Osiyo birinchi sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. 

Bundan tashqari, yig‘ilish kun tartibiga Ukrainadagi mojaro, transport va raqamli aloqa, xomashyo, energetika va suv, savdo, odamlar o‘rtasidagi aloqalar, ta’lim va tadqiqotlar masalalari kiritilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »