Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar—fevral oylarida 53 522 dona har xil turdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Avtomobillarning rusumlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • Cobalt — 19 461 dona;
  • Damas — 12 983 dona;
  • Onix — 6 718 dona;
  • Tracker — 5 837 dona;
  • Kia — 4 102 dona;
  • BYD — 1 912 dona;
  • Chery — 1 392 dona;
  • Haval — 1 117 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 3 812 dona.

2024-yilda yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan bo‘lib, yillik hisobda ham Cobalt ulushi eng yuqori bo‘lgan — 164 887 ta. 

2025-yilning fevral oyida ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasaydi. Xususan, Cobalt o‘rtacha foydalanilgani — 2,4 foizga (12 300 dollardan 12 000 dollarga), kam foydalanilgani — 1,2 foizga (12 750 dollardan 12 600 dollarga), ko‘p foydalanilgani — 0,5 foizga (11 600 dollardan 11 538 dollarga) pasaydi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »