Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

“Rossiya faxriylari” harakati mamlakatda turk seriallarini namoyish etishni taqiqlashni talab qildi. Ular mazkur seriallar demografiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytmoqda. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi.

Foto: “Qo‘rg‘on sirlari” serialidan kadr

Xabarga ko‘ra, turk seriallarida asosan “noreal erkak obrazi” gavdalantiriladi. 

Ayollar, bunday seriallarni tomosha qilib, bizning erkaklarga qiziqishni yo‘qotadi, ulardan xorijiy kino mahsulotlari tomonidan shakllantirilgan noreal xatti-harakatlarni kutishadi, dedi harakat rahbari Ildar Rezayev.

U turk seriallarining ortib borayotgan mashhurligi Rossiyada tug‘ilishning pasayishi va oila institutining buzilishiga olib kelishini ta’kidladi. “Rossiya faxriylari” “buzg‘unchi targ‘ibot” tushunchasini kiritishni va kinodagi qaysi elementlar bu atamaga to‘g‘ri kelishini qonun darajasida belgilashni taklif qildi. Ular tegishli so‘rovni Davlat Dumasi, Roskomnadzor va Rossiya Madaniyat vazirligiga yubordi.

“Eshigimni qoq” serialidan kadr
Turk seriallari — bu ong uchun, jumladan, ayollarimiz uchun olib borilayotgan mafkuraviy urushning bir qismi. Turkiyada Rossiya seriallari namoyish etiladimi, u yerga bizning kino yulduzlarimiz borasimi, turk ayollari esa to‘da-to‘da bo‘lib muxlislar safiga tizilishadimi, shuni bilish qiziq bo‘lar edi. Juda shubhali, deya xulosa qildi Rezyapov.

Rossiyalik deputat Vitaliy Milonov ham mamlakatda turk seriallarini namoyish etishni taqiqlash zarurligi haqida gapirgan edi. U turk loyihalarini “mutlaqo ahmoqlik” deb atagan va ularda “haqiqiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan voqealar” tasvirlanayotganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »