Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Duterte Maniladagi xalqaro aeroportga qo‘nganidan so‘ng Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderiga binoan politsiya tomonidan hibsga olindi.

Foto: Getty Images
Manila Interpoli erta tongda XJS tomonidan chiqarilgan hibsga olish orderining rasmiy nusxasini oldi, deyiladi prezident devoni bayonotida. — Hozirda u hibsda saqlanmoqda.

Sud Duterte prezidentlik davrida narkotik savdosiga qarshi kurash operatsiyalari bilan bog‘liq ehtimoliy jinoyatlar yuzasidan tergov o‘tkazmoqda.

U ko‘p marotaba giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarni “yo‘q qilish”ni buyurgan va o‘zi ham uch kishini o‘ldirganini da’vo qilgan. Uning narkotiklarga qarshi e’lon qilgan urushida, sudsiz qatl etishlar natijasida minglab odamlar halok bo‘lishi mumkin edi.

Foto: AFP

AFP agentligining XJSga tayanib xabar berishicha, 79 yoshli sobiq prezident insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Huquq himoyachilari hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu qatag‘onlar natijasida o‘n minglab odamlar, jumladan, giyohvandlikka oid jinoyatlarga aloqadorligi isbotlanmagan shaxslar ham qurbon bo‘lgan.

Sobiq prezident Gonkongga qisqa muddatli tashrifidan so‘ng Cathay Pacific reysi bilan Manilaga uchib kelgan. Avvalroq Duterte sud oldida javob berishga tayyorligini bildirgan edi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Duterte advokatlari uning hibsga olinishi noqonuniy ekanini ta’kidlamoqda. 

Filippin 2019-yilda Duterte ko‘rsatmasiga binoan XJSdan chiqqan, biroq sud mamlakat sudlovidan oldin sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, Duterte mer bo‘lib ishlagan janubiy Dabao shahridagi qotilliklar bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasiga ega ekanini bildirgan.

Rasmiy tergov 2021-yil sentyabr oyida boshlangan, biroq Filippin hukumati narkotiklarga qarshi operatsiyalar bo‘yicha yuzlab ishlarni qayta ko‘rib chiqayotganini bildirganidan so‘ng to‘xtatilgan edi.  

2023-yil iyul oyida besh sudyadan iborat hay’at Filippin hukumatining sud yurisdiksiyasi yo‘qligi haqidagi e’tirozlarini rad etib, ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi

Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »