Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

O‘zbekistonda allaqachon ommalashib ketgan turk seriallari nafaqat O‘rta Osiyo davlatlarida, balki boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda sevib tomosha qilinadi. Ammo nima uchun turk seriallari juda uzoq davom etishiga qaramay muxlislar qalbidan joy olishda davom etmoqda?

Foto: IMDb

Masalan, “Muhtasham yuz yil”, “Qo‘rg‘on sirlari” yoki “Qizil sharbat” kabi loyihalarning har bir epizodi o‘rtacha bir soat davom etadi. Ayrim turk seriallarida esa har bir epizod ikki soatga ham borishi mumkin. Shunga qaramay ularning mashhur bo‘lishiga ikkita asosiy sabab bor:

Reklama

Birinchi sabab bu reklamadir. Turkiyada mahalliy seriallar telekanallarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Epizod qancha uzoq cho‘zilsa, shuncha ko‘p miqdorda reklama vaqti qo‘yilishi mumkin. Serialning har 15-20 daqiqasida tomoshabinlar turli reklamalarni tomosha qiladi, bu esa telekanalga katta daromad keltiradi. Shuning uchun prodyuserlar epizodlarni iloji boricha uzoqroq bo‘lishiga intiladi. Bu ikkala tomon uchun ham manfaatlidir. Albatta, serialning davomini kutishga majbur bo‘lgan tomoshabinlar bundan mustasno.

Foto: IMDb

Reytinglar va syujetning o‘zgaruvchanligi

Ikkinchi sabab serial reytingidir. Turk seriallari ko‘pincha “jonli” tarzda suratga olinadi, ya’ni syujetning asosiy qismi yozilganiga qaramay, nihoyasi avvaldan ma’lum bo‘lmaydi. Ijodkorlar tomoshabinlarning fikr-mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarda faol kuzatib boradi va ularning istaklarini inobatga olib, serialga turli o‘zgartirishlar kiritadi. Agar tomoshabinlarga ma’lum bir syujet yoki obraz yoqsa, o‘sha qahramon haqida ko‘proq hikoyalar yoritiladi. Aksincha, serialning biror qismi negativ tanqidlarga uchrasa, o‘sha qismi sekin-asta syujetdan chiqarib tashlanadi. Muxlislarning istaklari va qiziqishlarini hisobga olgan holda bunday moslashuvchanlik rejissyorlarga qo‘l keladi. Natijada serialni juda uzoq muddatga uzaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bu ikki omil turk seriallarini o‘ziga xos va ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishiga zamin yaratadi. Ular ham tomoshabinlarni xushnud etish, ham reklamadan yaxshi daromad topishga muvaffaq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »