Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Chempionatda Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.

Foto: MOQ

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinov dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida yuksak mahorat ko‘rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.

Shaxmat Olimpiadasida kuchli uchlikdamiz

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada amaldagi chempionlar sifatida qatnashgan Nodirbek Abdusattorov sardorligidagi jamoa 17 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olibi Hindiston 21 ochko to‘pladi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH O‘zbekiston termasidan faqatgina qo‘shimcha koeffitsiyentlar evaziga g‘alaba qozondi.

Foto: Uzchess

“Prezident sovg‘asi” sifatida BYD Chazor rusumidagi avtomobillar hamda 170 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Prezident — Olimpiya qo‘mitasi raisi

Yilning so‘ngi kunlarida yana bir sport uchun ahamiyatli voqea yuz berdi. 25-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.

Foto: MOQ