Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” asari asosida 1986-yilda suratga olingan shu nomli serial o‘zbek tomoshabinlarining qalbidan joy olgan. U bosh rol — Feride obrazini ijro etgan aktrisa Aydan Shenerga katta muvaffaqiyat va mashhurlik olib kelgan.

Foto: Dzen

Hozirda Aydan Shener 61 yoshda, ammo bu yosh aktrisaning ayollik energiyasi va go‘zalligi aks ettirmaydigan oddiy raqamdir. Turk seriallari yulduzi 60 dan oshganiga qaramay, o‘zining latofatli ko‘rinishi va nazokatini saqlab qolgan. U o‘zining betakror xarizmasi va iste’dodi bilan ko‘plab xorijiy mamlakatlarda e’tirof etilgan.

Aktrisa ishtirokidagi “Somon yo‘li”, “Bir manzilli sevgi”, “Hayotdan quvilish”, “Qalbimdagi dengiz” kabi loyihalar unga karyerasining yanada gullab-rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Dzen

Aydan yoshligidan o‘zining salomatligiga hech qachon befarq bo‘lmagan. U doim sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilgan va tashqi ko‘rinishini muntazam parvarish qilgan. Jismonan muntazam faol bo‘lish va turli kosmetik muolajalar esa aktrisa jozibadorligining kalitiga aylangan. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va latofatiga ko‘plab muxlislar havas ko‘zi bilan boqadi.

Foto: Dzen

Ammo Aydan Shenerning shaxsiy hayoti omadli kechmagan. U 1983-yilda futbolchi Ayxan Akbinga turmushga chiqqan. Oradan besh yil o‘tib juftlikning Eje ismli qizi tug‘ilgan. Biroq ular oradan ko‘p o‘tmay ajrashgan, chunki Aydanning turmush o‘rtog‘i u bilan ko‘p vaqtini ishga ajratgani sababli kelisha olmagan.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Shener hozir ham turli filmlarda rol o‘ynashda hamda teatrda ishlashda davom etmoqda. Ammo avvalgidek kino va seriallarda muntazam ko‘rinmaslikka qaror qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga sabab shaxsiy hayoti va qizi bilan o‘tkazgan vaqti har qanday mo‘may daromad keltiradigan loyihadan ustun ko‘rishidadir.

“Men ko‘proq pul topishim va ko‘proq filmlardan ishtirok etishim mumkin edi, biroq men boshqa yo‘lni tanladim”, deydi turk yulduzi.
Foto: Dzen
Foto: Dzen

Yaqinda aktrisa “Sandık Kokusu” (“Sandiq isi”) dramasida ishtirok etdi. U taniqli rassom Feryal Aksoy rolini gavdalantirdi. 2024-yil sentyabr oyida melodramaning ikkinchi mavsumi ekranlarda namoyish etila boshladi. Unda bosh rolni O‘zge O‘zpirinchi ijro etgan.

“Uch qardosh qiz” filmidan lavha
Foto: Haberler

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »